Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Siz qanday turdagi kitoblarni o`qish xohlaysiz?
    14 42%
    10 30%
    7 21%
    2 6%

    Barcha ovozlar soni: 33


 «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'td

     Barchamizga ma’lumki, mustaqillik sharofati bilan ko‘p ming yillik asl ildizlarimizga qaytib, milliy davlatchiligimizni, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni, huquq-erkinliklarimizni va qadr-qimmatimizni tiklashdek mislsiz imkonlarga ega bo‘ldik.

   Shu bilan birga, istiqlol sharofati bilan urf-odat va an’analarimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash va ularning boy merosini o‘rganish, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish bo‘yicha ilgari ulkan sharoitlar yuzaga kelganini e’tirof etish lozimdir.
   Eng asosiysi, istiqlol bizni - o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘lgan holda - avlodlarga ibrat va namuna bo‘ladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga, xususan, suveren, demokratik va adolatli huquqiy davlat hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek ustuvor maqsadimizni ro‘yobga chiqarishga imkon berdi.
    O‘zbekistonda olib borilayotgan tub demokratik o‘zgarishlarning huquqiy kafolatlari Konstitutsiya va milliy qonunchilikda mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda amaldagi qonun hujjatlariga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplari muhim omil bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xalq farovonligi yo‘lida “kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli milliy iqtisodiyot barpo etildi.
    Bularning barchasi, avvalo, mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan prinsipni hayotga tatbiq etganimizning amaliy samarasi ekanini har bir yurtdoshimiz bugun yurakdan anglaydi.
    Darhaqiqat, buyuk va bebaho ne’mat - mus¬taqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati ¬yillar o‘tishi bilan tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mus¬tahkam poydevori bo‘lib kelmoqda.
     Shu munosabat bilan, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3095-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 126-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 28 iyul kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining faollar zalida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda taniqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, teatr aktyorlari va san’atkorlar ishtirok etdi.
    Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘tgan 26 yil mobaynida erishilgan yutuqlar, hukumatimiz tomonidan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ulkan o‘zgarishlar, shuningdek, eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrash, fuqarolararo do‘stlik va hamjihatlik va mehr-oqibat, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini chuqur ochib berish orqali bu boradagi asosiy vazifalarni muhokama etishdan iboratdir.

Orqaga qaytish