Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Yoshingiz nechada?
    13 22%
    11 19%
    21 36%
    11 19%
    10 17%
    16 27%

    Barcha ovozlar soni: 59


 Tinch va farovon hayotimiz asosi

       Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismda Prezidentimizning 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ​"Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston! mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda harbiylar, taniqli olimlar, shoir-yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, ularning boy merosini o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yanada boyitish, Har tomonlama barkamol avlodni ulg‘aytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti A.Sodiqov. – Shunday ekan, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda davlatimiz mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, yurtimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘layotgani ta’kidlandi.

Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokidagi Vatanni, tinchlik, do‘stlik va farovon hayotni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Orqaga qaytish